CHAGDASH POWER SYSTEMS 2020-yilda ikki kuchli kompaniya hamkorligida tashkil etilgan:
— O‘zbekistondagi YUQORICHIRCHIQ ENERGY SYSTEMS (YES), kabel va shina mahsulotlari ishlab chiqarishda ko‘p yillik tajribaga ega korxona.
— Turkiyaning ÇAĞDAŞ PANO kompaniyasi, elektr jihozlari sohasida xalqaro ekspert.
Ushbu hamkorlik ikki asosiy resursni birlashtirdi:
— YESning amaliy tajribasi va texnologik bazasi,
— ÇAĞDAŞ PANOning xalqaro standartlari va muhandislik salohiyati.
Bugungi kunda CHAGDASH POWER SYSTEMS eng yuqori xalqaro talablar darajasiga mos bo‘lgan zamonaviy elektr taqsimlash yechimlarini ishlab chiqmoqda hamda generator ishlab chiqarish yo‘nalishini faol rivojlantirmoqda.
Bizning bu sohadagi strategik hamkorimiz — Minsk Motor Zavodi (MMZ), dizel dvigatellari ishlab chiqarishda yetakchi korxonalardan biri. Generatorlarimiz aynan MMZ dvigatellari asosida O‘zbekistonda yig‘iladi.
CHAGDASH POWER SYSTEMS mutaxassislari xalqaro hamkorlardan o‘qib-o‘rganib, eng yaxshi tajribalarni joriy etmoqda. Natijada biz ishlab chiqaradigan mahsulot muhandislik aniqligi, yuqori sifatli yig‘ilishi va mijoz ehtiyojlariga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.
Missiya
Missiyamiz — ishonchli, energiya tejamkor va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan energiya va elektr ta’minoti yechimlarini taqdim etish orqali sanoat infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatning energetik mustaqilligiga hissa qo‘shishdir.
Maqsadlar
• Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish: O‘zbekistonning sanoat salohiyatini mustahkamlash.
• Eksport: GENERATIK POWER mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish.
• Hamkorlik: dunyo brendlari bilan hamkorlikni kengaytirish va assortimentni boyitish.
• Mijozga moslashuvchanlik: har bir loyiha uchun individual yechimlar ishlab chiqish.
• Muhandislik salohiyati: loyihalash va injiniring bo‘yicha doimiy rivojlanish.
• To‘liq xizmat: g‘oyadan tortib montaj va keyingi texnik qo‘llab-quvvatlashgacha.